Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 03:14

Xitoyda tikilgan olimpiyachilar liboslari AQShda janjalga sabab bo'ldi


Londondagi yozgi Olimpiya o'yinlari boshlanishiga ikki hafta qolganda AQShda olimpiya milliy terma jamoasi liboslari tufayli katta janjal boshlandi.

Janjalga taniqli Ralph Lauren moda uyi tarafidan tayyorlangan sportchilar uniformalari Xitoyda tikilgani sabab bo'lganligi aytilmoqda.

Olimpiyachilar liboslaridagi "Made in China" tamg'asiga birinchi bo'lib uniforma ko'rgazmasiga kelgan jurnalistlar e'tibor qaratgan.

Bu haqda xabar topgan mamlakat qonun chiqaruvchilari olimpiyachilarga zudlik bilan yangi, AQShda tayyorlangan liboslarni tayyorlash kerakligini talab qilishmoqda.

- Bizning olimpiyachilarimiz Londonda faqat AQShda tayyorlangan liboslarni kiyib chiqishlari kerak, - dedi kongressmen Nensi Pelosi.

Nevada shtati senatori Garri Reyd nafaqat yangi libos tikish, balki Xitoyda tayyorlangan sportchilar uniformalarini yoqib yuborish taklifi bilan ham chiqdi.

- Bu juda achinarli hol. Bu voqea Olimpiya qo'mitasi uchun katta sharmandalikdir. Ular uyatga qoldi. Endi ular barcha [Xitoyda tikilgan] uniformalarni bir joyda to'plab, yoqib yuborishlari kerak, - dedi senator Reyd.

Bosh qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan Ralph Lauren kompaniyasi bu haqda hozircha izoh bergani yo'q.

27 iyuldan 12 avgustga qadar London shahrida o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarida AQShda 530 atlet qatnashadi.
XS
SM
MD
LG