Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:33

Tojikistonda internetni kuzatuvchi guruh tuziladi


Tojikistonda internetga qo'yilayotgan sharhlarni kuzatib boruvchi mahsus komissiya tuziladi. Mamlakatdagi Aloqa xizmati ana shunday tashabbus bilan chiqdi.

Bu haqda ma'lum qilgan Aloqa xizmati rahbari Beg Zuhurovga ko'ra, so'nggi vaqtda internetning tojik segmentida "Tojikistondagi taniqli insonlar haqida tuhmat va yolg'on-yashiq ma'lumotlarni tarqatayotganlar soni ortmoqda".

- Internet foydalanuvchilari orasida respublikadagi taniqli insonlar haqida uyatsiz gaplar yozib, ularga nisbatan tuxmat qilayotganlar va uydirma ma'lumottlarni tarqatayotganlar tez-tez uchrab turadi... Biz ularning bir nechtasini aniqladik. Ular har xil niklar ostida bunday beadab ishlar bilan shug'ullanib kelgan, - dedi Zuhurov CA-news axborot agentligiga bergan intervyusida.

"O'z davlati ravnaqini istagan har qanday odam a'zo bo'lishi mumkin" bo'lgan komissiya shunday "uyatsiz sharhlovchilarni" aniqlash va ularni to'g'ri yo'lga chaqirish bilan shug'ullanadi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, bu komissiyaning tuzilishi Tojikistondagi yildan-yilga keskinlashib borayotgan internet senzurasini yanada kuchaytirishi mumkin.

Joriy yilning iyun oyida Tojikistonda mushtariylar tarafidan qoldirilgan sharh tufayli "Aziya-Plyus" axborot agentligini saytiga blok qo'yilgan edi. Sharh olib tashlanganidan so'ng saytga kirish qayta ochilgan.

Mart oyida esa Tojikiston hukumati inqilobga chaqiruvchi maqola tufayli Facebook ijtimoiy tarmog'ini bir necha kunga to'sib qo'ygan edi.
XS
SM
MD
LG