Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:20

Shvetsiya prokurori: Obid qori suiqasdi ortida MXX turgan


Shvetsiyada o‘zbek Obidxon qori Nazarovga qilingan suiqasdda ko‘maklashganlikda ayblanayotganlar ustidan o‘tayotgan mahkamaning so‘nggi kunida prokuror suiqasd buyurtmachisi O‘zbekiston maxfiy xizmati bo‘lganini bayon qildi.

Prokuror ayblanuvchilarga 8 yil qamoq jazosi so‘radi


Mahkama prokurori Krister Peterson ayblanuvchilarga 8 yil qamoq jazosi so‘ragan. Sud majlisini kuzatgan Östersunds-Posten gazetasi muxbiri Tord Andersonga ko‘ra, prokuror sud tergovidagi ko‘rsatmalardan suiqasd ortida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgan, degan xulosani bergan.

"Biz taqdim etgan faktlar hujum tuzum tanqid qilinganligi uchun sodir etilganligi va uning o‘zbek xavfsizlik xizmatlari topshirig‘i bilan amalga oshirilganiga hech qanday shubha qoldirmaydi", deya ta‘kidladi prokuror Peterson, deydi jurnalist.

Obid qori Nazarovga qilingan suiqasd yuzasidan sud 12 iyul kuni Ostershund shahar sudida boshlangan edi. Shvetsiya prokuraturasi mamlakatda 2010 yildan buyon yashab kelgan O‘zbekiston fuqarolari Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalarni suiqasd ijrochisiga ko‘maklashganlikda ayblamoqda.

Suiqasdning bevosita ijrochisi hamon ochiqda qolmoqda va uning ham O‘zbekiston fuqarosi ekani taxmin qilinmoqda. Sud jarayoni davomida uning shaxsiga to‘xtalgan prokuror 1978 yilda tug‘ilgan Yuriy Jukovskiy ismini tilga oldi.

Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li ko‘rsatma berdi


Ostershund shahrida bo‘layotgan mahkamada chorshanba kuni o‘zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li Dovudxon Obidxon o‘g‘liga so‘z berildi.

O‘zbekistonda imomlarga bo‘lgan tazyiqlar va otasi Obidxon qori Nazarov ham shu tazyiqlar sabab O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lganini aytgan dovudxon, otasi xorijga chiqib ketganiga qaramasdan O‘zbekiston maxsus hizmatlarining doimiy nishonida bo‘lib kelganini gapirdi. Oilamiz, dedi Dovudxon "tahlikani har doim his qilib yashab kelgan".

Chorshanba kuni mahkamani kuzatgan imom Muhammadsolih Abutov gapiradi:

- Otasiga qilingan suiqad o‘zbek rejimi tarafidan qilingan amal ekanligiga, shunaqa xavfni ular doim his qilib yashaganliklari, shunaqa xavf aynan O‘zbekiston tarafidan kutilganini, O‘zbekiston davlat televideniyesida otasi terrorchi sifatida tasvirlangan ko‘rsatuv namoyish etilgani bunga misol qilib keltirdi,- deydi mahkamani kuzatayotgan o‘zbekistonlik imom Muhammadsolih Abutov.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum shaxs tomonidan o‘qqa tutilgan edi. U hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.

Muhammadsolih Abutov bugungi mahakamada kuzatganlari haqida shularni gapirdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:30 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG