Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:14

O‘zbekistonda uyali aloqa bazasi 25 foizga kamaydi


MTS-O‘zbekiston litsenziyasi bekor qilinishi ortidan O‘zbekiston uyali aloqa bazasi 25 foizga, ya‘ni 6 million abonentga kamayishi mumkin.

Novosti agentligi o‘zbekistonlik ekspretlarga tayangan holda mana shunday ma‘lumot tarqatdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi ikki kun mobaynida O‘zbekistonda ishlovchi uyali aloqa operatorlari MTS –O‘zbekiston litsenziyasi bekor qilingach, 2 million abonentni o‘z xizmat doirasiga qo‘shishga muvaffaq bo‘lgan.

Mijozlarning keskin ko‘payishi oqibatida aloqa sifati yomonlashgan va tarmoqda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qarori bilan 17 iyul kuni MTS uyali aloqa litsenziyasi 10 kunga bekor qilingan edi.
XS
SM
MD
LG