Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

Rafael Nadal London Olimpiadasiga bormaydi


2008 yili Pekinda o'tgan Olimpiya o'yinlari chempioni ispaniyalik tennischi Rafael Nadal London Olimpiadasida qatnasha olmaydi. Bunga uning jismoniy tayyor emasligi sabab bo'lgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, 26 yoshli tennischi tizzasidan jarohat olgan. Jarohatning qanchalik jiddiy ekani haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.

Joriy yilning iyun oyida dunyo reytingida uchinchi raketka hisoblanmish Rafael Nadal Fransiyada o'tgan "Katta dubulg'a" turnirlari turkumiga kriuvchi Rolan Garos chempionatida g'olib bo'lgan edi.

Keyinroq, Londonda o'tgan Uimbldon turnirining ikkinchi tur uchrashuvida Nadal kutilmaganda yuzinchi raketka hisoblangan chexiyalik Lukash Rosolga mag'lub bo'lgan edi.

"Katta dubulg'a" turnirlarida jami 11 marotaba g'alaba qozongan Rafael Nadal London Olimpiya o'yinlarida favorit tennichsi qatorida ko'rilayotgan edi. Tennichsining qachon kortga qaytishi haqida hozircha ma'lumot yo'q.
XS
SM
MD
LG