Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:39

London-2012: Ispaniya futbol jamoasi Yaponiyaga yutqazdi


26 iyul kuni Londonda o‘tayotgan XXX yozgi Olimpiada o'yinlari doirasida erkaklar o‘rtasidagi futbol bellashuvining birinchi turi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ularda "A" guruhidan BAA-Urugvay (1:2) vs Buyuk Britaniya-Senegal (1:1), "B" guruhidan Meksika-Janubiy Koreya (0:0) va Gabon-Shveytsariya (1:1), "C" guruhidan Misr-Braziliya (2:3) va Belorus-Yangi Zenlandiya (1:0). "D" guruhidan Gonduras-Marokash (2:2) va Ispaniya-Yaponiya (0:1) juftliklari uchrashdi.

1:1 hisobi bilan yakunlangan Buyuk Britaniya-Senegal uchrashuvida o'zbekistonlik futbol referisi Ravshan Ermatov hakamlik qildi. Unga qanotlarda o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izsitonlik Bahodir Qo'shqorovlar yordam berishdi.

Osiyoning eng yaxshi hakami o'yinni har doimgidek a'lo darajada boshqara oldi. Uchrashuv qo'polliklarga boy o'tishiga qaramasdan Ravshan Ermatov jami to'rtta sariq kartochka ko'rsatib, o'yinni o'z nazorati ostida ushlab tura oldi.

Olimpiadadagi erkaklar futboli bellashuvining ikkinchi tur o'yinlari 29 iyul kuni bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG