2010 yil, iyun voqealaridan keyingi qama-qamalar Ravshan Gapirov oilasini ham chetlab o‘tgani yo‘q.
- 2010 yil 16 iyun kuni o‘g‘limni ko‘chadan ushlab olib ketishib urib, qiynashib bo‘yniga har xil ayblarni qo‘yib qamashgan. Shu bo‘yicha men o‘zim qatnashdim, ikkita advokat qatnashdi, dalillar keltirdim. Videos‘yomkalarim bor edi mening. O‘g‘lim oqlandi. Birinchi O‘sh shahar sudida oqlandi. Ikkovimizni ma‘naviy zarar bo‘yicha ariza berganman, deydi Ravshan Gapirov.
“Pravosudiye – Istina” (“Odil sudlov - Haqiqat”) inson huquqlari tashkiloti rahbari o‘shlik Hizbut-Tahrir a‘zolari himoyachisi sifatida tanilgan va O‘sh voqealarigacha Gapirov hizbchi sifatida ayblanib qamalgan, 9 oy o‘tirgan, lekin keyin Oliy sud darajasida oqlangan edi.
Ham o‘g‘li, ham o‘zi nohaq qamalganini Oliy sud ham tan olganidan so‘ng Ravshan Gapirov ikkalovi ko‘rgan ma‘naviy zarar qoplab berilishini so‘rab sudga murojaat qilgan.
- Prokuraturaga o‘zimning nomimdan 4 million, militsiyaga 5 millionga berganman. O‘g‘limning nomidan ikkoviga 10 million so‘mdan berganman. Hammasi bo‘lib 29 million bo‘ladi, deydi Ravshan Gapirov.
29 million qirg‘iz so‘mi 500 ming AQSh dollaridan ko‘p aqcha bo‘ladi.
Sud Gapirovning da‘vosini qisman qondirdi.
Arizamni, deydi huquq himoyachisi,
- O‘sh shahar sudi qarab shahar prokuraturasidan 100 ming, shahar militsiyasidan 100 ming, o‘g‘lim uchun ikkovidan teng 120 mingdan, hammasi bo‘lib qirg‘iz puliga 440 ming so‘m undirildi. Viloyat sudiga yozdik. Viloyat sudi buni kuchida qoldirdi. Biz berilsin degan ispolnitelniy list oldik. Lekin men oliy sudga yozib qo‘ydim. Oliy sudga prokuratura ham yozdi, militsiya ham yozdi. Endi uje Oliy sudda qaraladi, deydi Ravshan Gapirov.
Shunday qilib, Ravshan Gapirov va uning o‘g‘li O‘sh shahar prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasidan jarimani o‘zlarining dastlabki da‘vo arizalarida ko‘rsatilgan hajmda undirmoqchilar.
O‘sh shahar prokurori Atay Shakir o‘g‘li Gapirov bilan bog‘liq sud qarorini sharhlashdan bosh tortdi.
O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi yuristi Meder Sabirov Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiriga bunday dedi:
- Ravshan Gapirovning 9 oy qamoqda o‘tirgani rost. Lekin uning qiynoqqa solingani dalillangan emas. O‘g‘li esa, iyun voqealaridan so‘ng qamalgan va keyin oqlangan. Uning ham qiynoqqa solingani dalillangan emas. Sud qaroriga rozi emasmiz. Oliy sudga murojaat qilganmiz, dedi O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi vakili.
Ma‘lumki, O‘sh voqealari qurbonlarining mutlaq ko‘pchiligi ham, foyejadan so‘ng javobgarlikka tortilganlarning mutlaq ko‘pchiligi ham o‘zbeklardir.
Qirg‘iziston prezidenti rasmiy saytida fojia kunlari
qurbon bo‘lganlardan 70 foizi o‘zbek, 29,2 foizi qirg‘iz ekanligi,
javobgarlikka tortilganlarning 400 nafari o‘zbek, 133 nafari qirg‘iz ekanligi qayd etilgan.
Bas, shunday ekan, Ravshan Gapirovning prokuratura va militsiya ustidan shikoyat arizasi qondrilishini mahalliy o‘zbeklarga munosabatning yaxshilana boshlangani, deb tushunish mumkinmi?
Bu savolni Gapirovning o‘ziga berdik.
- Bu faqat Ravshan Gapirovga bo‘lgan munosabat. Chunki Ravshan Gapirov qonunni yaxshi biladi, o‘zlari ular hammasi tan oladi. Keyin men osonlikcha jon bermayman va qo‘rqib pisib ham ketmaymanda. O‘lsam o‘lamanki, haqiqat uchun tik turaman. Urib ketishdi meni, qo‘rqitib ko‘rishdi, hamma narsa qilib ko‘rishdi. Lekin men “o‘lsam o‘laman, lekin haqiqatni oxiriga yetkazmay qo‘ymayman” deb qattiq turishimni va qonunni yaxshi bilishimni yana bir bor dalillab qo‘ydim,
dedi O‘sh shahar prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasidan sud orqali o‘z foydasiga qariyb 10 ming dollar jarima undirgan inson huquqlari himoyachisi Ravshan Gapirov.