Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:13

Bozorni suratga olgan muxbir 7 soat so‘roq qilindi


Sid Yanishevni 7 soat so‘roqqa tutishga asos bo‘lgan suratlardan biri shu.
Sid Yanishevni 7 soat so‘roqqa tutishga asos bo‘lgan suratlardan biri shu.

30 iyul kuni Toshkentning "Askiya" bozorida o‘zbekistonlik ikki mustaqil jurnalist – Sid Yanishev taxallusi bilan ishlovchi Said Abdurahmonov hamda Pavel Kravets militsiya tomonidan ushlanib¸ Ichki ishlar bo‘limida so‘roq qilindi.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Sid Yanishevning aytishicha, u 30 iyul kuni hamkasbi Pavel Kravets bilan Yakkasaroy tumanidagi “Askiya” bozoriga suratga olish uchun borgan.

Uning aytishicha, shu kunda har bir bozorda:

- Aholiga xizmat ko‘rsatish shtabi tashkil qilingan. Shtab bitta stol, uning atrofida bir necha stul va stol oldida o‘tirgan amaldordan iborat. Amaldor hokim o‘rinbosari bo‘lishi mumkin, deydi jurnalist.

Uning aytishicha, bozorda yurgan xaridorlar shtabga kelib, sotuvchilar ustidan arzini aytishi, shikoyatini bildirishi mumkin.

Fotojurnalist o‘sha stol ustidagi “Shtab” degan yozuvni suratga tushirmoqchi bo‘ladi.

Mustaqil jurnalist Sid Yanishev.
Mustaqil jurnalist Sid Yanishev.
- Suratga torta boshlashim bilanoq meni ushlab olishdi. Avvaliga hokim o‘rinbosari ushladi. Ismini bilmayman. Keyin juda ko‘p militsiya xodimlari yugurib kelishdi, deydi Sid.

Jurnalistlar militsiya xodimlariga o‘z huquqlari to‘g‘risida, qo‘lga olinishlari qonunga xilof ekanligi to‘g‘risida aytganlar. Lekin militsiya xodimlari ularga quloq solmagan.

- Ancha vaqt o‘tganidan so‘ng Yakkasaroy tuman Ichki ishlar bo‘limidan bir xodim keldida, yana so‘roq qila boshladi, deydi Sid.

Shundan so‘ng jurnalistlarni Yakkasaroy tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib borishgan va so‘roq ana shu idorada davom etgan.

- So‘roq o‘tkazuvchilar har soatda almashib turdi. Masalan, mana bu tuxumlarni nima uchun suratga olding, kim uchun olding, bu suratlar uchun senga kim pul to‘laydi va hokazo savollar bilan uzoq muddat ushlab o‘tirishdi, deydi jurnalist.

Ikkala jurnalistni 30 iyul kuni 7 soat so‘roq qilishdi.

Sid Yanishevning aytishicha, bundan masalan, uch yil oldin ham bozorlarda suratga tushirish mumkin edi.

- So‘nggi bir yil ichida suratga olayotganlarni ushlab so‘roq qilish odat bo‘lib qoldi, dedi Sid Yanishev.

Ikkala jurnalist¸ o‘zbek militsionerlariga 7 soat tushuntirish berganidan so‘ng¸ qo‘yib yuborilgan.
XS
SM
MD
LG