Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:13

Samarqandda "MAN" yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi zavod ochildi


Samarqandda “MAN Auto-Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasining MAN katta yuk mashinalarini ishlab chiqarish zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zavod 15 ming kvadrat metrga teng ishlab chiqarish maydoniga ega bo‘lib, u bir yilda 5 mingta yuk mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Zavodning ikkinchi yig‘uv liniyasi ishga tushgach, uning ishlab chiqarish quvvati 10 mingtagacha oshishi mumkin.

Bundan tashqari, korxonada yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari ham bor.

Qo‘shma korxonada mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG