Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:26

O‘zbek sporti ahvolini qanday baholaysiz?


O'zbekistonlik dzyudochi Ramziddin Saidov AQShlik Kayl Vashkulatga qarshi. London, 2 avgust 2012.
O'zbekistonlik dzyudochi Ramziddin Saidov AQShlik Kayl Vashkulatga qarshi. London, 2 avgust 2012.

Londonda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sportining haqiqiy ahvoli namoyon bo‘lmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston bir necha oltin medal bilan dunyoning birinchi o‘ntaligida, O‘zbekiston esa¸ hozircha yagona bronza medali bilan ushbu ro‘yxatning eng ostida turibdi.

Sobiq Ittifoq davrida aksariyat sport sohalarida Markaziy Osiyoning yetakchisi bo‘lib kelgan O‘zbekistonning, keyingi yillarda bu borada¸ ayniqsa¸ Qozog‘istonga solishtirganda jiddiy orqaga ketayotgani kuzatilmoqda.

O‘zbekiston ichkarisida o‘z iste‘dodini rivojlantirishga imkon topa olmagan Varvara Lepchenko bundan 12 yil oldin AQShdan siyosiy boshpana topdi. Bugunga kelib 26 yashar Varvara xalqaro tennis reytingida tezlik bilan yuqorilab borayotgan yulduz o‘yinchiga aylandi.

2006 yili taniqli gimnastikachi Oksana Chusovitina O‘zbekiston fuqaroligidagi voz kechib, Germaniya fuqaroligini oldi. Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham Germaniyaning Kelьn shahrida yosh shaxmatchilarga ustozlik qilmoqda. O‘zbekistonda nomini tilga olish taqiqlangan Ruslan Chagayev ham ko‘pdan Germaniyada yashab¸ Germaniyada sport bilan shug‘ullanmoqda.

Sport dunyosida bo‘lajak va joriy yulduzlarning boshqa davlat jamoalariga o‘tib ketishi tabiiy hol. Bunday o‘tish jarayonida moliyaviy istiqboldan ko‘ra ham¸ sportchining o‘z iste‘dodini qanchalik rivojlantirishi uchun mavjud imkonlar belgilovchi rol o‘ynaydi. yorqin iste‘dodlarning O‘zbekistonni tark etishi¸ bu mamlakatda ular uchun imkonlarning ancha tor ekanidan berilgan ochiq signaldir.

Sportdagi muvaffaqiyatlar – davlatning qanchalik demokratik va rivojlanganlik ko‘rsatkichi emasdir. Biroq sport rivoji bu sohadagi korruptsiya¸ tanish-bilishchilikning pastligi yoki yo‘qligi bilan tavsiflanadi.

Siz bugungi O‘zbekiston sporti ahvolini qanday baholaysiz? O‘zbekiston sportchilarining Londondagi "omadsizligi"ga, Sizning nazaringizda, nima sabab? Vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun nimalar qilish kerak¸ deb hisoblaysiz?

Ozodlik Online dasturining keyingi dushanbi, 6 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadigan sonida aynan ushbu savollar atrofida bahslashamiz.

“Ozodlik Online” dasturida o‘zbek jamiyatining ilg‘or vakillari bilan haftaning eng asosiy voqealari, millatning eng dolzarb muammolari muhokama etiladi.

Dasturni har dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da www.ozodlik.org hamda Ozodlikning “Facebook” sahifasida jonli eshiting!

“Ozodlik Online” tinglovchilari dastur davomida Skype orqali (ozodskype) to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqib ochiq muloqot ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

“Ozodlik Online” dasturida Ozodlikning “Facebook” va “Twitter” dagi sahifasi orqali ham qatnashish mumkin. Ayni paytda savol va sharhlaringizni +420 724 971 539 raqamiga SMS tarzda yo‘llashingiz mumkin.

Biz bilan bog‘laning! O‘z fikrlaringizni bildiring!

Ozodlik Online – Siz uchun munosabat bildirishning eng qulay imkoniyati!
XS
SM
MD
LG