Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:47

AQShdagi ibodatxonada olti kishi o‘ldirildi


AQSh prezident Barak Obama Viskonsindagi odamlar o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.
AQSh prezident Barak Obama Viskonsindagi odamlar o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.
AQShning Viskonsin shtati Ouk-Krik shahrida Sikxlar ibodatxonasiga kirgan qurolli shaxs u yerda olti kishini otib o‘ldirgan.

Voqea joyiga kelgan politsiya bilan hujumchi o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tgan, pirovardida hujumchi o‘ldirilgan.

O‘limi oldidan hujumchi politsiyachilardan biriga bir necha marotaba o‘q uzishga muvaffaq bo‘lgan. Og‘ir tan jarohati olgan bu politsiyachidan tashqari yana ikki kishi kasalxonaga yetkazilgan, ularning ham ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Hujum ibodatxona qavmi an‘anaviy yakshanba ibodatiga yig‘ilgan paytda sodir bo‘lgan. Politsiya hozircha hujumchi haqida hech qanday ma‘lumot bermayapti.

AQSh prezident Barak Obama Viskonsindagi odamlar o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi. Ikki hafta muqaddam Kolorado shtatida kinoteatrdagi tomoshabinlarga qilingan qurolli hujum chog‘ida 12 kishi nobud bo‘lgandi.
XS
SM
MD
LG