Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:19

Suriyaning birinchi kosmonavti Turkiyaga qochib o‘tdi


Syria's first cosmonaut - General Muhammed Ahmed Faris
Syria's first cosmonaut - General Muhammed Ahmed Faris
Suriyaning birinchi va yagona kosmonavti general Muhammad Ahmad Foris prezident Bashar Al-Assad rejimidan qochib Turkiyaga bordi.

Buni Turkiyadagi axborot vositalari yakshanba kuni ma‘lum qildi.

Anatoliya axborot agentligi xabariga ko‘ra, Foris Turkiyaga jo‘nab ketishidan oldin Aleppo (Halab) shahridagi Ozod Suriya Armiyasining Bosh qarorgohiga bo‘lib hukumat qo‘shinlariga qarshi qurolli kurash olib borayotgan jangchilarga ular bilan birdam ekanini aytgan.

Aleppo shahrida tug‘ilgan general Muhammad Ahmad Foris 1987 yilda “Mir” fazo stantsiyasida Sovet Ittifoqi ekipaji bilan birga Yer atrofida parvoz qilgan.
XS
SM
MD
LG