Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:33

Pop bozori


Uzbekistan - A bazaar in Pop district of Namangan region which works only on Sunday, 05Aug2012
Uzbekistan - A bazaar in Pop district of Namangan region which works only on Sunday, 05Aug2012

Ozodlikning mobil muxbiri Namanganning Popiga aylanib borib, olib kelgan suratlarni mushtariylarimiz e‘tiboriga havola qilishimizni so‘radi.

Yaqinda Namangan viloyati, Pop tumanida yashovchi do‘stlarim meni mehmonga chaqirishdi.

Hozir ta‘tildaligim sabab, vodiyga otlandim.

Do‘stlarim meni Popda oqib o‘tadigan Sirdaryo bo‘yiga olib borishdi, dam oldik, talabalik davrlarimizni esladik, xullas juda yaxshi vaqt o‘tkazdik.

Yakshanba kuni, hamma ko‘chada, bozor-o‘charga shoshgan. Men ham Popdagi bozorni ko‘rgim keldi. Olomonga qo‘shildim.

Bebozor kunlari ishlaydigan Dehqon bozorida ta‘mirlash ishlari borayotgani sabab, hamma “pastki mahalla”dagi bozorga borarkan.

Do‘stlarimning aytishicha, yakshanba kuni katta bozor o‘sha pastdagi katta ko‘chada bo‘larkan.

Mashinalar to‘planib turgan joyga borib, bozorga olib boradigan Damasga chiqdim.

Mashina katta ko‘chaning qoq o‘rtasiga kelganda to‘xtadi. Qarasam, yakshanba kuni mashina yuradigan ko‘chaning yarmi yopilib, “bozorchilar”ga berilarkan.

Aslida bozor uchun ilgari pillani qayta ishlash tsexi bo‘lgan joy ajratilgan ekan.

Savdogarlar va har-xil qishloqlardan keladigan aholi ko‘pligi bois bozor katta ko‘chaga ulanib ketgan.

Bozorni aylanarkanman, hali kabob, hali ziravor, yana nimalarningdir hidi dimog‘imga urildi.

Bozor ichida yurib, hali ham shunday bozorlar borligiga hayron qoldim va bozor tugagandan so‘ng bir nechta surat oldim.


XS
SM
MD
LG