Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:12

Bryanskda maxfiy "choyxona" topildi


Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.
Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.

Rossiyaning Bryansk shahrida politsiya va migratsiya xizmati xodimlari mahalliy bozor yonida ochilgan noqonuniy choyxona faoliyatiga chek qo‘ydilar.

Bryansk shahrining Bejitskiy tumani Ulyanov ko‘chasida asosan bozorda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun ishlayotgan choyxona aniqlandi.

Yashirin tarzda ishlab kelgan choyxona 3 avgust kuni shaharda pasport rejimi tekshiruvlari o‘tkazilayotgan paytda aniqlandi, deydi Ozodlikka noqonuniy choyxona haqida so‘zlagan Bryansk viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot markazi boshlig‘i Sergey Sorokin.

- Migratsiya xizmatining Bryansk politsiyasi bilan olib borgan hamkorlikdagi pasport rejimini tekshirish amaliyoti o‘tkazildi. Bu tekshiruv butun shaharda reja asosida olib boriladi. Politsiyachilar va Migratsiya xizmati xodimlari guruhlarga bo‘linib shaharda yashayotgan barcha fuqarolarni tekshiradi. Xodimlarimiz bozorni tekshirayotgan paytda yo‘lning narigi tarafida ketayotgan bir guruh ko‘rinishidan osiyoliklarga o‘xshash yigitlarga ko‘zi tushib qolgan. Ularning orqasidan xususiy sektorga kirib borib politsiyachilar bir guruh “tadbirkor” tomonidan tashkil qilingan ovqatlanish punktini topib olishdi, deydi bu choyxonani shxsan borib ko‘rgan Sergey Sorokin.

Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.
Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda bu uyda oshxona ochgan va mahalliy bozorda ishlayotgan farrosh, yuk tashuvchi va sotuvchilarga xizmat ko‘rsatgan.

Narxlari arzonligi bilan markaziy-osiyoliklar orasida bozori chaqqon bo‘lishga ulgurgan choyxonada sanitariya normalariga rioya qilinmagan, ovqatni pishirayotgan o‘zbeklar xuddi shu xonada yashab yurgan, deya davom etadi Bryansk viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiysi Sergey Sorokin.

Yashirin choyxona mijozlari uchun tayyorlab qo‘yilgan osh. Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.
Yashirin choyxona mijozlari uchun tayyorlab qo‘yilgan osh. Surat Bryansk viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.
- U yerda ovqatlanayotganlarning barchasi tekshirildi va u yerda ozarbayjon, armani, o‘zbeklar va boshqalar bo‘lganligi aniqlandi. Xullas, bozorlarimizda odatda yuradigan odamlar bo‘lgan, lekin qonunbuzarlikka faqat o‘zbeklar yo‘l qo‘ygan. Gap shundaki, masalan, Bryanskka kelgan bir o‘zbek o‘zining ortidan 6 kishini olib kelyapti. Bular hujjatlari tayyor bo‘lguncha, ishlashga rasmiy ruxsatnoma olguncha nimadir qilishi kerakku. Natijada stixiyali tarzda noqonuniy choyxonalar, oshxonalar va hatto ishlab chiqarish korxonalari paydo bo‘yalpti. Bu sohada qonunlarimiz nobop bo‘lganligi tufayli odamlar, ayrim hollarda, shunday jinoyatlarga qo‘l urishga majbur, deydi Bryansk politsiyasi vakili Sergey Sorokin.

​Uning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, maxfiy choyxona tashkil etishda ayblanib to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlangan, ular ma‘muriy javobgarlikka tortilgan.

Sud tergov materiallari bilan tanishib o‘zbeklarni noqonuniy oshxona tashkil etganlikda aybdor deb topsa, ma‘muriy jarima solishdan tashqari “choyxonachilar” deportatsiya qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG