Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:13

Madonna: Pussy Riotning qamalishi fojea bo‘ladi


Bugun Moskvada kontsert berayotgan amerikalik mashhur pop-yulduz Madonna Pussy Riot guruhi bilan bog‘liq ishga o‘z munosabatini bildirar ekan, mana bunday dedi.

- Men tsenzuraga qarshiman, men har doim fikr bildirish erkinligini qo‘llab-quvvatlab kelganman. Pussy Riot qizlariga, albatta, adolatsiz munosabatda bo‘lmaqdalar. Agar sud ularni 7 yilga ozodlikdan mahrum qilsa, bu – fojeadir, dedi Madonna kontserti boshlanishi arafasida.

Pussy Riot guruhi a‘zolari ustidan Moskvaning Xamovniki tuman sudida o‘tkazilayotgan sudda prokuror sudlanuvchilarni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Prokuror fikricha, sudlanayotgan qizlarning bezorilik qilgani to‘la isbotlangan.
Pussy Riot pank guruhi a‘zolari Nadejda Tolokonnikova, Mariya Alexina va Yekaterina Samutsevich bezorilik va Rus Pravoslav cherkovini haqoratlaganlikda ayblanmoqda.

G‘ayrioddiy chiqishlari bilan Rossiyada nom qozongan Pussy Riot musiqiy pank-guruhi 21 fevral kuni Rus pravoslav cherkovining bosh ibodatxonasi - Moskvadagi Iso Masih ibodatxonasida “musiqiy namoyish” uyushtirgan va “Xudoyim, Putinni hayda!” deya kuylagan edi.
XS
SM
MD
LG