Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:16

Marsdan Yerga rangli suratlar yetib keldi


Marsdan olingan rangli surat.
Marsdan olingan rangli surat.
Amerikaning "Curiosity" marsyurari Marsdan Yerga ilk rangli suratlarni yubordi.

Xabarlarga ko‘ra, suratlarda Mars sayyorasidagi Geyl krateri tasvirlangan.

"Curiosity" marsyurari 8 oydan ortiqroq davom etgan parvozdan keyin dushanba kuni aynan Geyl krateriga qo‘ngan edi.

Mutaxassislar, suratlarning yetib kelgani marsyurarning kamerasi ishlayotgani isbotidir, demoqda. Aytilishicha, marsyurar kamerasi ham yirik plandagi, ham kengqamrovli tasvirlarni suratga ololadi.
XS
SM
MD
LG