Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:59

Bugun Olimpiadada o‘zbekistonlik olti sportchi musobaqalashadi


O'zbekistonlik yengil atletikachi Yelena Smolyanova yadro uloqtirish bellashuvida qatnashmoqda. Yelena saralash o'yinlaridan finalga chiqa olmadi. 6 avgust 2012, London.
O'zbekistonlik yengil atletikachi Yelena Smolyanova yadro uloqtirish bellashuvida qatnashmoqda. Yelena saralash o'yinlaridan finalga chiqa olmadi. 6 avgust 2012, London.
Bugun o‘zbekistonlik olti sportchi London Olimpiadasida sportning to‘rt turi bo‘yicha musobaqlarda qatnashadi.

Kanoye bo‘yicha Vadim Menkov va Yuliya Borzova, badiiy gimnastika bo‘yicha Ulyana Trofimova, kurashchilar Dilshod Mansurov va Suslan Tigiyev, bokschi Abbos Atoyev O‘zbekiston sha‘nini himoya qiladi.

Menkov 7 avgust kuni kanoye bo‘yicha 1000 metrlik masofaga o‘tkazilgan A guruhi musobaqasida 4-o‘rinni egallagan edi. Bugun u 200 metr masofada musobaqalashadi. Gimnastikachi Ulyana Trofimova esa 9 avgustda o‘tgan erkin dastur musobaqasida 20 –o‘rinni egallagan.

Avvalgi musobaqalarda ikki raqibini mag‘lub etgan bokschi Abbos Atoyev esa bugun finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun 75 kilo vazin toifasida yaponiyalik Riyota Murataga qarshi ringga chiqadi.
XS
SM
MD
LG