Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:21

London Olimpiadasiga yakun yasaldi


Kecha oqshom Buyuk Britaniya poytaxti Londonda XXX Yozgi Olimpiada o‘yinlari yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro musobaqaning yopilish marosimini o‘tkazish uchun 4000 dan ziyod kishi, shu jumladan, mashhur qo‘shiqchilar jalb qilingan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Jak Rogge London Olimpiadasidagi uyushtirish ishlariga ham, bu yerda erishilgan sport yutuqlariga ham yuksak baho berdi. Tadbir yakunida janob Rogge Olimpiada bayrog‘ini 2016 yili Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro meriga topshirdi.

XXX Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 44 ta jahon va 117 ta olimpiada rekordi o‘rnatildi. Unda 300 komplekt olimpiya mukofotlari topshirildi.

Jami 104 ta medalni qo‘lga kiritgan Qo‘shma Shtatlar bu gal jahon terma jamoalari orasida peshqadam bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin xitoylik, uchinchi o‘rin britaniyalik, to‘rtinchi o‘rin rossiyalik sportchilarga nasib qildi. O‘zbekiston esa London olimpiadasida bitta oltin va uchta bronza medali bilan jadvalning 47-pog‘onasini egalladi.
XS
SM
MD
LG