Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:13

Olimpiada va Twitter rekordlari


Yamaykalik yuguruvchi Usayn Bolt London Olimpiadasi davomida Twitterda eng ko'p muhokama qilingan sportchilardan biri bo'ldi.
Yamaykalik yuguruvchi Usayn Bolt London Olimpiadasi davomida Twitterda eng ko'p muhokama qilingan sportchilardan biri bo'ldi.
Londonda o'tgan XXX yozgi Olimpiya o'yinlari tarixda birinchi marotaba Internet ijtimoiy tamoqrlarida keng muhokama etilgan Olimpiada sifatida esda qoladigan bo'ldi.

12 avgust kuni o'z yakuniga yetgan Olimpiya o'yinlarida rekord ko'rsatkichlarni nafaqat sportchilar, balki qator ijtimoiy tarmoqlar ham qayd etdi.

Twitter mikroblog xizmati anashulardandir.

Twitter statistikasiga ko'ra, 17 kun davom etgan Olimpiada haqida 150 milliondan oshiq tvit yozildi va natijada qator trendlar (eng ko'p muhokama etilgan mavzu) shakllandi. Quyidagi trendlar shulardan:


  • - Usayn Bolt Yamayka jamoasiga 200 metrga yugurish bellashuvida oltin medal olib keldi: 80 mingda ortiq tvit (bir daqiqada).
  • - Bolt 100 metrlik yugurishda oltin medalni qo'lga kiritdi: 74 mingdan ortiq tvit.
  • - Britaniyalik tennischi Endi Marray final bosqichida birinchi raketka Rojer Federerni mag'lub etdi: 57 mindan ortiq tvit.
  • - Yamaykalik atletlar 4x100 estafetasida yangi jahon rekordini o'rnatishdi: 52 mingdan ortiq tvit.
  • - AQSh basketbol jamoasi finalda Ispaniya jamoasi yengdi va oltin medalni qo'lga kiritdi: 41 mingdan ortiq tvit.


Bundan tashqari, Usayn Bolt, Maykl Felps, Endi Marray va yana qator sportchilarning har biri bir milliondan ortiq tvit to'plashga muvaffaq bo'lishdi.

London Olimpiadasining ochilish va yopilish marosimlari ham Twitterda faollikga sabab bo'ldi. Taniqli Spice Girls guruhining Olimpiada yopilish marosimida qilgan chiqish haqida bir daqiqada 116 mingdan ortiq tvit yozildi.

O'zbekistonning endi shakllanib borayotgan Twitter auditoriyasi ham O'zbekiston sportchilari chiqishlarini faol kuzatib bordi, desak yanglishmaymiz. Kurashchi Artur Taymazovning oltin medali o'zbek tviterchilari orasida, kichkina bo'lsa-da, ko'zga tashlangan faollikka sabab bo'ldi.

2008 yilda o'tgan Pekin olimpiadasi davomida ijtimoiy tarmoqlarda bunday jonlanish kuzatilmagan edi. Bunga asosan Xitoy hukumatining Internet ustidan o'rnatga nazorati sabab bo'lgani aytilgan edi.
XS
SM
MD
LG