Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:53

Sankt Peterburgga sayohat


Esingizda bo‘lsa, o‘tgan galgi fotoreportajimda Qozon vokzali yonidagi "Komsomolskaya" metro stantsiyasida registratsiya qilib berishni taklif qilayotganlarni uchratganim haqida yozgan edim.

Bunday ishbilarmonlarni bu yerda ham uchratdim. Ular ruschada juda yaxshi so‘zlashadi, qurilishda "ter to‘kish"ni xohlamasligi shunday ko‘rinib turadi.

yosh yigitlarning simyog‘ochga reklama yopishtirayotganiga ko‘zim tushdi. Hozir Rossiyada registratsiya juda jiddiy masala. Migrantlarni o‘z uyiga registratsiya qilayotganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni ko‘zda tutvchi qonun joriy qilingach, "saxovatpeshalar"ni topish qiyinlashib qoldi.

Piterda dimog‘ingizga qovun hidi uriladi, ammo sotuvchilar ozarbayjon. Sovet zamonidan beri Rossiyadagi bozorlar ularning qo‘lida.

Avvalgi yillar bilan solishtirganda Piterda biznikilar ancha ko‘paygan. O‘zbeklarning qurilishda ishlaydiganlaridan tashqari bozorda sotuvchilar, oshpazlar, milliy taomlar kafe va restoranlarini ochganlar bor.

Ayollarni ham uchratdim. Sovet davrini ham ko‘rgan bu ayollar "Karimov bolalari"dan farqli ravishda til bilishadi va bu juda katta ahamiyatga ega.




To‘g‘risini aytsam, ularga rahmim keldi. Uy bekasi bo‘lib nevaralar tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‘rniga metro stantsiyalari yonida reklama qog‘ozlarini tarqatib yurishibdi.

Ayollardan bittasining aytishicha, u 20 ming rubldan ko‘proq pul topadi. Yana ovqat berisharkan, kiyim berisharkan. Ayollarning ko‘pchiligi Andijondan.

O‘zimiznikilarni oilasi bilan ko‘rish juda yoqimli. Masalan, samarqandlik oila poyafzal fabrikasida ishlarkan, bolalari esa maktabda o‘qiydi. Bundaylarga qarshilik yo‘qligiga mening ishonchim komil.

Samarqandlik bu oila o‘g‘liga sunnat to‘y qilish uchun ketish niyatida ekan.

Men uchratgan yoshi katta ayollarning ham to‘y uchun pul yig‘ayotganiga ishonchim komil.

Mana shuni men hech ham tushunmayman. Bizning millat qachon o‘zini yaxshi ko‘rishni, "qo‘shnidan kam bo‘lmaslik" kompleksi bilan yashamaslikni o‘rganarkan?

yoki biz ko‘chadagi shiorda aytilganiday "hech kimdan kam bo‘lmasligimiz" kerakmi?
XS
SM
MD
LG