Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:58

NUKEM O‘zbekiston bilan uran bo‘yicha yangi shartnoma imzolaydi


AQShning NUKEM Inc. shirkati O‘zbekistonning davlatga qarashli Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati bilan uran sotib olishga oid yangi kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

17 avgust kuni Toshkentda ochilajak Amerika – O‘zbekiston biznes forumida NUKEM.Inc. Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati bilan uran yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin.

NUKEM Inc. shirkatining MDH davlatlari bo‘yicha vakili Rem Arxipov bu haqda Ozodlik radiosiga ma‘lum qildi.

- O‘zbekiston bilan uran bo‘yicha 1992 yildan buyon amal qilib kelayotgan shartnomamiz bor. Endi bu shartnoma muddati tugayapti va yangisini imzolash vaqti keldi. Shu xafta ohirida Toshkentda ochilajak biznes forum doirasida Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati bilan uran yetkazish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga umid qilyapmiz,- dedi Rem Arxipov.

Lekin Arxipov yangi shartnoma jihatlari haqida ma‘lumot bermadi.

NUKEM Inc. atom elektr stantsiyalariga uran yetkazib beruvchi jahondagi yirik shirkatlardan biridir.

Ushbu shirkat 1992 yildan buyon o‘zbek uranini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha eksklyuziv shartnomaga ega bo‘lib kelgan.

O‘tgan bu davr ichida NUKEM Inc. jahonning 12 davlatidagi mijozlariga 45 ming tonna o‘zbek uranini yetkazib bergan.

Shartnoma muddati kelasi yil tugashi kerak. 2005 yilda mazkur shartnoma 2013 yilgacha uzaytirilgan edi.

Ayni paytda Yaponiya ham O‘zbekistonning uran zaxiralariga alohida qiziqish bildirib keladi.

O‘tgan yili O‘zbekiston Yaponiyaning Itochu shirkati bilan ham uran sotib olishga oid 10 yillik kelishuvga erishgan edi.

10 yillik bitim doirasida Itochu yiliga 500 dan 1000 tonnagacha o‘zbek uranini sotib olishi aytilgan.

Jahon Yadro Uyushmasining 2011 yilgi ma‘mulotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qariyb 2500 tonna uran ishlab chiqaradi. Bu bilan O‘zbekiston dunyoda yettinchi o‘rinda turadi.

Uran zaxirasi bo‘yicha esa, O‘zbekiston dunyoda 12-o‘rinni egallashi va 111 ming tonna uranga ega ekanligi aytiladi.

O‘zbekiston eksport qiladigan uranning hammasi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati mahsulotidir.

Ushbu kombinatning o‘z ismini aytmagan xodimlaridan biri uran yetishtirish jarayoni haqida Ozodlik radiosiga gapirib berdi.


Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG