Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:33

AQSh “Waverider” harbiy uchqichini sinadi


AQSh uchuvchisiz boshqariladigan va tovush tezligidan-da tez uchadigan reaktiv samolyotni sinovdan o‘tkazdi.

“Waverider” deb ataluvchi uchqich tezligi tovush tezligidan olti baravar kuchli va soatiga yetti ming kilometr tezlikda uchadi.

Ya‘ni “Waverider” Nyu York va London oralig‘idagi masofani bir soatda uchib o‘tishi mumkin.

"Boing" korporatsiyasida qurilgan “Waverider”ning qanotlari kichkina va raketaga o‘xshaydi, Pratt & Whitney shirkatida ishlab chiqilgan reaktiv dvigatelga ega.

Sinov payti “Waverider” B-52 qiruvchi uchog‘idan uchirildi.
XS
SM
MD
LG