Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:22

Davlat test sinovi natijalari bugun e‘lon qilinadi


O‘zbekistonda davlat test sinovi natijalari bugun - 16 avgust kuni e‘lon qilinadi. Bu haqda Ozodlikka Respublika Davlat test markazi vakili ma‘lum qildi.

Abituriyentlar test natijalarini bevosita imtihon topshirgan oliy o‘quv yurtlariga borib bilishlari mumkin. Imtihonlarni o‘tkazishga mas‘ul markaz vakilining aytishicha, natijalarni Davlat Test Markazining rasmiy sayti - dtm.uz orqali ham aniqlash imkoni yaratiladi.

Joriы yil mamlakatdagi “Ucell”, “Beeline” va “Perfectum Mobile” kabi uyali aloqa operatorlari “Abituriyent–2012” – test natijalaridan xabardor bo‘lish xizmatini taklif qilgan. Uyali aloqa operatorlari abonentlari natijadan voqif bo‘lish uchun test javob varag‘i raqamini SMS orqali 5151 raqamiga yuborishlari kifoya.

SMS javobida varaqa raqami, oliy o‘quv yurtining kodi, abituriyent necha ball olgani, tanlov natijasi (grant yoki shartnoma asosida o‘qishga kirgani yoki o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagani) to‘g‘risida ma‘lumot oladi.

Ushbu xizmatga bitta SMS yuborish bahosi 0,75 dollarligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni O‘zbekistonning 57 ta oliy o‘quv yurtida davlat test imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Bu yil 432 017 nafar yigit-qiz talaba bo‘lish ilinjiida hujjat topshirgan.
XS
SM
MD
LG