Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:01

Denis Istomin Sinsinati turnirini tark etdi


O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ATP masters seriyasiga kiruvchi AQShning Sinsinati shahrida o‘tayotgan nufuzli turnirni ikkinchi bosqichda tark etdi.

Dunyoning 38-raketkasi frantsiyalik Jeremi Shardiga qarshi o‘tgan uchrashuvda Istomin 6:4, 6:3 hisobi bilan mag‘lub bo‘ldi.

Londonda o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ikki raqibni mag‘lub etgan Denis Istomin uchinchi bosqichda dunyo birinchi raketkasi Rojer Federerga mag‘lub bo‘lgandi.

25 yoshli O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin ATP dunyo reytingida 33 o‘rindan joy olgan. Bu esa sportchi karyerasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
XS
SM
MD
LG