Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:19

Pussy Riot ga o‘qilgan hukm tanqidlarga sabab bo‘lmoqda


Moskva sudi Pussy Riot guruhini 2 yilga qamoq jazosiga hukm qilgani qator G‘arb davlatlari va inson huquqlari tashkilotlari tanqidiga sabab bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton hukmning “nomutanosib”ligini aytib, vaziyatdan “chuqur tashvishda” ekanini bildirdi.

AQSh Davlat departamenti Rossiya hukumatini sud qarorini qaytatdan ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti guruhga nisbatan qo‘llangan chora mamlakatdagi “so‘z va ifoda erkinligini bo‘g‘ish tendensiyasini” yaqqol aks etishini bildirdi.

Germaniya hukumati va Amnesty International inson huquqlari tashkiloti ham sud qarorini keskin qoralab chiqdi.

Pussy Riot musiqiy pank guruhi a‘zolari bo‘lmish uch ayol 21 fevral kuni Moskvaning Iso Masih cherkovida Vladimir Putinga qarshi “pank ibodati” nomlangan performensi uyushtirganligi uchun “bezorilik” va “diniy adovatni qo‘zg‘aganlik”da ayblangan edi.
XS
SM
MD
LG