Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:16

Oq uy Assanjga javob qildi


AQSh prezidenti Barak Obama ma‘muriyati WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning AQShda sudga tortilishi extimoli borasidagi bayonotini rad etdi va uni Shvetsiya tarafidan ilgari surilgan jinsiy tajovuz ayblovlaridan jamoatchilikni chalg‘itishga urinishda aybladi.

AQSh Davlat departamentining bildirishicha, Assanjning ishi Qo‘shma Shtatlar yoki amerikalik diplomatlar maxfiy yozishmalarining WikiLeaks saytida bosilgani bilan bog‘liq emas.

AQSh Davlat departamenti vakili Viktoriya Nuland, shuningdek Ekvador hukumatini Assanjga boshpana bergani uchun tanqid qildi.

19 iyundan beri Ekvador elchixonasida yashirinib o‘tirgan Julian Assanj yakshanba kuni elchixona ayvonidan turib Amerika Prezidenti Barak Obamaga murojaat qilib, Wikileaks va shaxsan o‘zini ta‘qib qilishni to‘xtatishni talab qilgandi.

Shvetsiya hukumati Julian Assanjni o‘tgan yili Stokxolm shahrida bir ayolni zo‘rlaganlik va boshqasiga jinsiy tajovvuz qilganlikda aybalagan va uning ekstraditsiya qilinishini Britaniya hukumatidan talab etmoqda.

Ayni paytda Assanj Londondagi Ekvador elchixonasi ichkarisida qolmoqda.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi qonunan Assanjni ekstraditsiya qilishi kerakligini, Ekvadorning Assanjga siyosiy boshpana bergani va elchixonaning diplomatik maqomi bunga to‘siq bo‘lmasligini aytib kelmoqda.

Ekvador prezidenti Rafael Korrea mamlakatining Londondagi elchixonasida yashiringan Wikileaks asoschisini ushlashga intilish "diplomatik xudkushlik" bo‘ladi, deya bayon qildi.

Janob Korrea agar Britaniya kuchlari Assanjni qo‘lga olish uchun Ekvadorning Londondagi elchixonasiga bostirib kirishsa, bu jiddiy xalqaro mojaroga aylanishi va o‘z hukumati BMTga murojaat etishi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq, Britaniya rasmiylari Julian Assanjni ushlashga qat‘iy ahd qilganliklari, lozim bo‘lsa, Ekvador elchixonasining diplomatik dahlsizligini ham bekor qilishgacha borilishi extimoli haqida gapirishgan.

Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinish havfidan qochib Ekvador elchixonasida yashiringan Julian Assanjga o‘tgan hafta Ekvador siyosiy boshpana berdi.

Ayni paytda Britaniya hukumati Julian Assanjning Ekvador elchixonasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaysiligini aytmoqda.

Assanj o‘ziga qo‘yilgan jinsiy ayblovlarni rad etib, ular ortida siyosiy sabablar yotganini aytib keladi.

Ayni paytda Ekvador o‘lim xavfi bor bo‘lishiga qaramay belarus qochqinini Minsk qo‘liga topshirmoqchi.

30 yoshli Aleksandr Barankov Belarus rejimi ta‘qiblaridan qochib Ekvador hukumatidan boshpana so‘ragan edi.
XS
SM
MD
LG