Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:24

Samsung Apple texnologiyasini ko‘chirganlikda aybdor deb topildi


iPad 2 va Galaxy 10.1 planshetlari.
iPad 2 va Galaxy 10.1 planshetlari.
AQShda San-Xose shahri sudi Samsung shirkatini Apple kompaniyasining iPhone va iPad uskunalaridagi texnologiyalarni ko‘chirganlikda aybladi.

Sud qaroriga ko‘ra, Janubiy koreyalik shirkat Apple ga 1,05 millard AQSh dollari tovon puli to‘lashi kerak.

Ikkala shirkat o‘rtasidagi patent mojarosi 2011 yilning aprel oyida boshlangan.

Unda Apple Samsung ni qo‘chirmachilikda ayblab, 2,5 milliard dollar tovon puli talab qilgan edi. Samsung esa javob tariqasida 399 millionlik qarshi da‘vo ishi qo‘zg‘agan.

Avvalroq Seul shahri sudi ikkala shirkatni ham bir-biriga tegishli patentlarni buzganlikga aybdor deb topib, ular chiqaradigan texnologiyalarni Janubiy Koreyada qisman ta‘qiqlagan edi.

Apple va Samsung o‘rtasidagi patent mojarosi yana qator davlatlarda davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG