Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:36

Suriyada isyonchilar vertolyotni urib tushirdi


27 avgust, dushanba kuni prezident Bashar Asadga sodiq hukumat kuchlariga qarashli harbiy vertolyot isyonchilar tomonidan urib tushirildi.

Voqea poytaxt Damashqda isyonchilar bilan hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar davomida yuz berdi.

Hukumat qo‘shinlariga qarashli vertolyotning urib tushirilganini davlat televideniyesi xabar qildi.

Telexabarda aytilishicha, vertolyot halokati poytaxtning Qabuun mavzeidagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan. Biroq boshqa tafsilotlar aytilmadi.

Muxolfatchilar tarafdori bo‘lgan Suriya inson huquqlari kuzatuvchilari guruhi ham vertolyot halokati to‘g‘risida xabar qildi. Guruhga ko‘ra, hukumat kuchlari vertolyotdan Damashqning boshqa bir mavzeida isyonchilarga qarshi jangda foydalangan.

Muxolifatchilar vertolyot qulashi uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Huquq faollariga ko‘ra, uch kun avval Damashq yaqinida 320 kishining jasadi topilgan.

Faollarning ta‘kidlashlaricha, bu yerda gap Darayya shahrida hukumat qo‘shinlarining muxolifatga qarshi o‘tkazgan amaliyotlari chog‘ida qurbon bo‘lganlar haqida ketmoqda.

Mazkur shaharda, mahalliy faollarning ma‘lum qilishlaricha, bir hafta ichida 600 kishi o‘ldirilgan.

Inson huquqlari faollari yoyinlagan videtasvirlarda boshidan o‘q o‘lgan kishilar jasadlarini ko‘rish mumkin.

Aytilishicha, yakshanba kuni amalga oshirilgan ommaviy dafn oldidan jasadlar Islom talab qilganiday alohida-alohida yuvishning imkoni bo‘lmaganlikdan suvichaklar yordamida yoppasiga yuvilgan.

Tilga olingan videotasvir va nobud bo‘lganlar miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotni mamlakatdagi davlatga qarashli bo‘lmagan axborot vositalarida mojaroga oid informatsiya cheklangani uchun to‘la tasdiqlash yoki inkor etishning iloji yo‘q.

Huquq faollari va oddiy suriyaliklarga ko‘ra, Bashar Asad rejimi isyonchilarga qarshi jangga kirishar ekan, harbiy kuchdan o‘ta agressiv ravishda foydalangan – havodan bombardimon qilgan.

Rasmiy matbuot Suriya prezidentining isyonchilar ustidan g‘alaba qilish uchun hamma narsani tikishga tayyor ekanligi to‘g‘risidagi fikrini keltirdi.

Yakshanba kuni Bashar Asad o‘z mamlakatida sodir bo‘layotgan voqealarni yana bir bor xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llangan “dushmanona fitna” natijasi, deb baholadi. Uning fikricha, qancha qurbon berilsa-da, bu fitna ortida turganlar o‘z maqsadiga yetmaydi.

Eron vakili Alouddin Burujerdiy bilan Damashqdagi uchrashuv chog‘ida Bashar Asad Suriya “mintaqadagi asosiy nuqta ekanligi va shuning uchun ham fitna aynan unga qarshi qaratilgani” to‘g‘risida gapirdi.

Eron vakili Suriya vitse-prezidenti hamda tashqi ishlar vaziri bilan ham uchrashgan. Suriya bosh diplomati Valid Muallim bu uchrashuvda rasmiy

Damashqning muxolifat bilan muzokaralariga faqat isyonchilar qurolli kurash yo‘lidan voz kechgan taqdirdagina yo‘l ochilishini mumkinligini ta‘kidlagan.

Inson huquqlari faollari hisob-kitobicha, Suriyadagi tartibsizliklar boshlanganidan beri kamida 20 ming kishi o‘ldirilgan.

Xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, 200 ming atrofidagi suriyalik qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tgan.
XS
SM
MD
LG