Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

O‘zbekiston yosh futbolchilari Vetnam jamoasini tor-mor etishdi


O‘zbekistonning 19 yoshlilardan iborat terma jamoasi (U-19) Osiyo futbol federatsiyasi kubogi uchun Vetnamda o‘tkazilayotgan halqaro musobaqada mezbonlarni yirik 4:0 hisobida mag‘lub qildi.

Gollarga Maksimilian Fomin, Abbosbek Maxstaliyev, Nguyen Tang Long (avtogol) va Azizbek Murotovlar mualliflik qilishdi.

Vetnamda o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston bilan birga Eron, Avstraliya va Vetnam jamoalari qatnashmoqda.

Uch turda 6 ochko bilan jadvalning ikkinchi o‘rinidan joy olgan O‘zbekiston musobaqa finalida 9 ochko to‘plab peshqadamlik qilayotgan Eron jamoasi bilan uchrashadi.

Final o‘yini 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG