Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:14

Nil Armstrong dengizda dafn etiladi


Astronavt Nil Armstrong hoki dengizda dafn etiladi.

Bu haqda ma‘lum qilgan astronavt oilasi matbuot kotibi Rik Millerga ko‘ra, dafn marosimi yopiq tarzda o‘tadi.

Nil Armstrong bilan so‘nggi vidolashuv 13 sentyabr kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda NASA rahbari Charlz Bolden va qator astronavtlar qatnashishi kutilmoqda.

Dafn marosimi qaysi kuni o‘tishi ochiqlanmadi.

Tarixda oyga qadam qo‘ygan birinchi inson sifatida qolgan Nil Armstrong 25 avgustda 82 yoshida vafot etdi.

Armstrong oy sathiga 1969 yilning 20 iyulida qo‘ngan edi.
XS
SM
MD
LG