Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:21

Futbol: O'zbekiston - Janubiy Koreya 2:2


Futbol bo'yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida o'tgan o‘yin 2-2 hisobida durang natija bilan tugadi.

Toshkentning "Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuvda kiritilgan gollarga O‘zbekistondan Artyom Filiposyan (avotgol) va Sanjar Tursunov, Janubiy Koreyadan Ki Sung Yung (avtogol) va Kvak Te Xvilar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchi deb O‘zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov topildi. Unga o‘yinga homiylik qilgan Samsung shirkati tarafidan Galaxy smartfoni topshirildi.

Shunday qilib, saralash o‘yinlarining 4-bosqichida “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uch o‘yindan so‘ng ikki ochko bilan beshinchi o‘ringa tushib ketdi.

Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston termasi Janubiy Koreya, Eron, Qatar va Livan jamoalari bellashayotgan guruhda yo‘q deganda ikkinchi o‘rinni egallashi kerak.

O'zbekiston terma jamoasining JCh-2014 saralash bosqichidagi keyingi uchrashuvi 16 oktyabrda Doha shahrida Qatar termasiga qarshi o'tadi.

"Paxtakor" stadionida o'tgan O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidagi gollar va xavfli vaziyatlar videoto'plami:

XS
SM
MD
LG