Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:29

Musulmonlar g‘azabini keltirgan film rejissyori yashirinishga majbur bo‘ldi


Beng‘ozidagi AQSh elchixonasiga qilingan hujumdan keyingi ko‘rinish.
Beng‘ozidagi AQSh elchixonasiga qilingan hujumdan keyingi ko‘rinish.
AQSh elchixonalariga uyushtirilgan hujumlarga sabab bo‘lgani aytilayotgan islom dini haqorat qilingan film rejissyori Sem Beysil o‘z hayoti xavf ostida ekanini aytib yashrinishga majbur bo‘lmoqda.

Axborot agentliklariga ko‘ra, Isroil fuqarosi bo‘lgan Beysil filmni Misr nasroniylari ko‘magida suratga olgan. Beysil o‘z filmi AQSh elchixonalariga hujum qilinishiga turtki bo‘lgani, bu hujumlar ortidan seshanba kuni AQShning Liviyadagi elchisi halok bo‘lganidan afsus bildirdi.

AQSh shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Martin Dempsi chorshanba kuni Qur‘on nusxasini yoqib tashlagani bilan nom chiqargan pastor Terri Djonson bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni filmni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Djonsonning Qur‘onni namoyishkorona yoqqani musulmon olamida katta norozilikka sabab bo‘lgan edi.

Liviyaning Beng‘ozi shahridagi AQSh elchixonasiga g‘azablangan olomon qilgan hujum oqibatida seshanba kuni diplomatlar halok bo‘lgan edi. AQShda shu munosabat bilan motam ramzi sifatida davlat bayrog‘i tushirildi.
XS
SM
MD
LG