Ikkita rossiyalik kosmonavt va bir amerikalik astronavtni o‘z ichiga olgan Rossiyaning Soyuz kosmik kapsulasi 17 sentyabr kuni Qozog‘istonga qo‘ndi. Kosmonavtlar 4 oydan beri Xalqaro kosmik stantsiyada edi.
Soyuz kosmik kapsulasi Qozog‘istonga qo‘ndi
1
Bortida bir astronavt va ikki kosmonavt bilan Soyuz TMA-04M kapsulasi 17 sentabr kuni ertalab Qozog'iston shimolida joylashgan Arqalik shahri yaqinidagi dashtga qo'ndi.
2
Xalqaro kosmik stantsiyasi jamoasi a'zolari (chapdan) amerikalik Jozef Akaba, rossiyalik Gennadiy Padalka va uning yurtdoshi Sergey Revinlar Soyuz TMA-04M kapsulasi ichida.
3
Kosmonavtlarni Soyuz TMA-04M kapsulasidan chiqarib olish jarayonini jurnalistlar odatdagiday yaqindan kuzatib borishdi.
4
Astronavt Jozef Akaba hol-ahvoli haqidagi savolga bosh barmog'ini yuqori ko'tarib javob qaytarmoqda.