Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

Ziyolilar bolalar uchun 100 ta kitob ro‘yxatini boshlab berdi


Rossiya Federatsiyasi Ta‘lim vazirligi shu kunlarda sinfdan tashqari o‘qish uchun 100 ta kitob ro‘yxatini tuzmoqda. Bu haqdagi xabarlarda aytilishicha, ro‘yxatni tuzish haqida joriy yil yanvarida prezident Putin gapirgan edi. Loyihasi Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tayyorlangan ro‘yxatni mamlakatning tegishli idoralari o‘rganmoqda, u ziyolilar orasida muhokama qilinmoqda. Xo‘sh, o‘zbek maktablari uchun ham shunday ro‘yxat tuziladigan bo‘lsa, unga qanday kitoblar kiritilishi lozim?

Dabdurustdan 100 ta kitobdan iborat ro‘yxatni, tabiiyki, hech kim tuzib bera olmaydi. Shuning uchun suhbatdoshlarimizdan o‘sha ro‘yxat tepasidan qaysi asarlar joy olishi lozim, deb so‘radik.

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning fikricha, 100 talik ro‘yxat millat tarixiga oid kitoblardan, hatto afsonalardan boshlanishi kerak.

- Qadimgi afsonalarda aytib ketilgan.

Ey zamonning beklari bir yaqo yerlik qiling,
92 bog‘li o‘zbekdur, tenglik qiling.

Hatto qadimdan ham qavmlar o‘rtasidagi tenglik, ziyoga, marhamat, ijobatga chaqirilgan. Bolalarimiz shuni o‘rganib borsa, ulug‘ ish bo‘ladi, deydi Omon Matjon.

20-asr o‘zbek adabiyoti esa, Omon Matjonning fikricha, ro‘yxatda mana bunday aks etishi lozim. Chunki, deydi shoir, bu adabiyot

- Nihoyatda boy. O‘tganlarning, misol uchun men o‘zim Oybekning she‘rlarini doim sevib o‘qiyman. Nasrda yozgan asarlari ham ko‘pku. Bu yog‘iga kelaversak, endi u yerda hamma ulug‘ yozuvchilarimizning Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar, deydi Omon Matjon.

Adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabekov 100 talik ro‘yxat Abdulla Qodiriydan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi.

- Har ikkala, o‘sha “Obid ketmon”dan boshqasi bor. “Mehrobdan chayon”, “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Navoiy”si, Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar”, Cho‘lponning she‘riy asarlari to‘plami, deydi Baxtiyor Isabekov.

Baxtiyor Isabekovning fikricha, 20-asr o‘zbek adabiyotidan 100 talik ro‘yxat uchun asar tanlaganda tahriri kommunistik mafkura talablariga moslanganlaridan saqlanish lozim.

- Hamza Hakimzodaning sovet zamonida emas sovet zamonining oxirida e‘lon qilingan asl nusxalari e‘lon qilingan qismi. Bu ham albatta zarur deb hisoblayman. Chunki Hamzaga bo‘lgan munosabat qayta ishlangan she‘rlarida haligi qilganda. Har holda Hamzaning she‘rlari, pьesalari original holatidagi, dedi adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabekov.

Siyosiy muhojir Abdulla Abduqodir o‘g‘li 90-yillar boshida o‘zbek maktablari uchun adabiyot darsligi yozgan va shuning uchun ham masalani tubdan biladi.
Olimning fikricha, 100 talik ro‘yxat mana bunday boshlanishi lozim:

- Masalan Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” turgani ma‘qul deyman, Alisher Navoiyning hikoyatlari turishi kerak, eng yuqorisida turishi kerak bu, meniki hozir teskaridan boshlanayapti. Alisher Navoiy eng yuqorisida turishi kerak. Kuchli insoniylik nimalari berilgan, ayniqsa Hotami Toy hikoyalari, boshqa qator hikoyalar borki axloq odobga oid, deydi Abdulla Abduqodir o‘g‘li.

O‘zbek maktablari uchun yozilgan adabiyot darsliklaridan birining muallifi sifatida Abdulla Abduqodir o‘g‘li e‘tiborimizni masalaning bir muhim jihatiga qaratdi.

- Shu vaqtga qadar, o‘zbek maktablarida adabiyotga asarlar tanlashda asar tanlash yo‘lida emas yozuvchi tanlash yo‘lidan boriladi. Bu xato, juda katta xato deb hisoblayman. Sababiki o‘sha yozuvchilar hammasi tuzumning maddohlari bo‘lgani uchungina ko‘plari katta yozuvchi unvonlariga ega bo‘lishgan. Mayli yangi bo‘lsin, tanilmagan bo‘lsin, lekin asar tanlash yo‘lidan borish kerak. Engi yaxshi yurak jiz etgan asarlar egasi katta yozuvchi bo‘lmasa hamki, ana shuni tanlab olish kerak,
dedi pedagog olim Abdulla Abduqodir o‘g‘li.

Uning aytishicha, o‘zbek maktablari o‘quvchilari uchun sinfdan tashqari o‘qiladigan kitoblar ro‘yxati Sovet davrida ham bo‘lgan, hozir ham bo‘lsa kerak.

Agar shu kunda bunday ro‘yxat mavjud bo‘lsa, undan qaysi kitoblar joy olgan?

Bu savol javobini bilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi bilan bog‘landik. Biroq telefon go‘shagini ko‘targan mulozimlar bizni biri biriga yo‘naltirishdan boshqaga o‘tmadi.

Bu mavzuni Rossiya Federatsiyasi Ta‘lim vazirligi sinfdan tashqari o‘qish uchun 100 ta kitob ro‘yxatini tuzayotganligi to‘g‘risidagi xabardan gula ko‘tarib ko‘tardik.

Qolaversa, o‘zbekning bolasi nima o‘qiyapti, o‘zi, umuman, biron nima o‘qiyaptimi, degan savol keyingi yillar uchun o‘ta dolzarb bo‘lib qolgani sir emas.

Bugungi suhbatdoshlarimiz bolalar uchun 100 ta kitob ro‘yxatini boshlab berdi.

Bu ro‘yxatdan yana qanday kitoblar joy olishi kerak, deb o‘ylaysiz?

Takliflaringizni yozib yuboring.
XS
SM
MD
LG