Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:37

Moskvada futbol ishqibozlari mushtlashdi


Moskvada chorshanba kuni kechqurun “Dinamo” va “Torpedo” futbol klubi ishqibozlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Moskva politsiyasining bildirishicha, mushtlashuvda yuzga yaqin odam ishitrok etgan, ulardan 20 nafari politsiya tomonidan hibs qilingan.

Mushtlashuv “Torpedo” stadionining kassasi oldida boshlangan. O‘yin chog‘ida ishqibozlar maydonaga mushaklarni otgan. Buning oqibatida arbitrlar bir necha marotaba o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. O‘yinning 50 minutida sudya o‘yinni bira to‘la to‘xtatishga qaror qilgan. Bu vaqtda “Dinamo” 2:1 hisobida g‘alaba qilayotgan edi.

Ayni paytda stadion atrofidagi hududdagi vaziyat barqaror ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG