Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatida


Eronda o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Janubiy Koreya o‘smirlar terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli kechgan o‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisob qayd etildi.

O‘yindagi hisobni 65-daqiqada o'zbekistonlik futbolchilar ochib berishdi. Akobir To‘rayev darvozabonning ustidan to‘pni oshirib chiroyli tarzda hisobni ochdi.

Akobir To'rayev goli



Butun o‘yin davomida o‘zbekistonliklarning usutunligi bilinib turgan bo‘lsada, ammo o‘yin oxirlarida Dilshod Nuraliyev shogirdlari o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 5 daqalik vaqtning yarmida Xvan Xi Chan standard holatdan amalga oshirilgan zarbadan so'ng hisobni tenglashtirdi.

Xvan Xi Chan goli



Natijada o‘yin g‘olibini penaltilar seriyasida aniqlashga to‘g‘ri keldi.

Penaltilar seriyasida ruxiy jihatdan raqibidan ustunlik qilgan o‘zbekistonlik yosh futbolchilar o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqish barobarida, o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Penaltilar seriyasi



Shunday qilib, murabbiy Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi kelasi yilning kuzida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan o'smirlar jahon chempionatida ishtirok etishadigan bo'lishdi.

Tehronda o'tayotgan Osiyo chempionati yarim finalida esa o‘zbekistonlik o'smirlar eronlik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi. O'yin 3 oktabr kuni bo'lib o'tadi.

Yarim finalning ikkinchi juftligi Iroq-Yaponiya o'yini ham 3 oktabr kuniga belgilangan.
XS
SM
MD
LG