Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:58

Goal.com: Jasur Hasanov haftaning eng chiroyli goli muallifi


Goal.com nashri so'rovnomasi natijalari.
Goal.com nashri so'rovnomasi natijalari.
Futbol olamini yorituvchi nufuzli Goal.com nashri olib borgan "haftaning eng chiroyli goli" online so'rovnomasida "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Jasur Hasanovning goli eng ko'p ovoz to'pladi.

24-28 sentabr oralig'ida olib borilgan so'rovnomada Jasur Hasanovning 19 sentabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Adelaida Yunayted" darvozasiga kiritgan goli qatnashgan edi.

Jasur Hasanovning avstraliyalik jamoaga qarshi o'tgan o'yinning 44-daqiqasida kiritgan golini quyidagi videoning 50-soniyasida ko'ring:



Avstraliyada o'tgan o'yin 2:2 hisobi bilan durang natijasi qayd etilgan edi. Ikki jamoa o'rtasidagi javob uchrashuvi 3 oktyabr kuni Toshkentning "Jar" stadionida bo'lib o'tadi.

Goal.com online so‘rovnomasining yakuniy natijalari quyidagicha bo'ldi:
Jasur Hasanov – “Bunyodkor” 39,38%
Juninyo – “Los Andjeles Gelaksi” 36,02%
Fred – “Fluminense” 11,51%
Eddi Jonson – “Siyetl” 6.66%
Jilles Bames – “Xyuston” 6,45%

Jasur Hasanovdan 3 oktyabr kuni o'tadigan javob o'yinida bundanda chiroyliroq gollarni kutib qolamiz.
XS
SM
MD
LG