Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:14

Blog: Oʻzbekcha Vikipediya rivojlanmoqda, biroq...


Vikipedia ensiklopediyasining o'zbekcha sahifasi.
Vikipedia ensiklopediyasining o'zbekcha sahifasi.
Bu yil butun dunyoga mashhur Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi versiyasida katta oʻzgarishlar boʻldi.

O'zbek Vikipedia sahifasi jamoasi a'zolaridan ikki nafari - kamina (foydalanuvchi nomim Nataev) va Casual logini bilan tahrir qiluvchi foydalanuvchiga joriy yilning iyul oyida AQSh poytaxti Vashingtonda boʻlib oʻtgan Vikimaniya konferesiyasida qatnashish imkoniyati berildi.

Har yili har hil shaharda o'tkaziluvchi konferensiyada Casual va men oʻzbekcha Vikining hozirgi ahvoli haqida prezentatsiya qilib, boshqa Vikichilarga u haqida maʼlumot berdik.

Konferensiya davomida Belgiyalik vikichi Robin (foydalanuvchi nomi SPQRobin) bilan birga oʻzbekcha Vikidagi sahifalarni ham lotin, ham kiril yozuvida koʻrish imkonini yaratish uchun kod yozdik.

Belgiyalik vikichi Robin va Nodir Atayev.
Belgiyalik vikichi Robin va Nodir Atayev.
Bu funksiya avgust oyida ishga tushdi. Hozir istagan sahifani lotin yoki kiril yozuvida oʻqish mumkin. Buning uchun xohlagan sahifani ochib tepada joylashgan "oʻzbekcha" degan yerdan kerakli alifboni tanlash kifoya.

Yana bir yangilik - oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 40 000 dan oshib ketdi. Maqolalarning aksari "bot" (mahsus yozilgan kompyuter dasturi) bilan yozilgan boʻlsa ham bu katta yutuqdir. Oʻzbekcha Vikida minglagan maqola yaratgan botlarni Abdulla logini bilan tahrir qiluvchi eng faol foydalanuvchi ishlatmoqda.

Shu kungacha botlar yordamida Italaiya, Germaniya, Ispaniya shaharlari haqida hamda Tumanlik va yulduz klasterlari yangi umumiy katalogiga kiritilgan obyektlar haqida qisqa maqolalar yaratildi.

Hozirda oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyo xalqlari Vikipediyalari ichida maqola soni boʻyicha qozoqcha Vikidan keyin ikkinchi oʻrindadir.

Vikipedia nashrlari Maqola soni
Qozoq tilida 168,637
O'zbek tilida 44,554
Qirg'iz tilida 11,858
Tojik tilida 10,431
Turkman tilida 4,566

Bundan tashqari, oʻzbekcha Vikida faol foydalanuvchilar soni oʻsmoqda va ular koʻplagan yangi maqola yaratishmoqda. Masalan, yaqinda oʻzbek cholgʻu asboblari haqida maqolalar yaratildi.

Abdulla yulduzlar haqidagi maqolani inglizcha Vikipediyadan mashaqqatli mehnat qilib oʻzbek tiliga tarjima qildi. Bu maqola oʻzbekcha Vikida ham tanlangan maqola qilib saylandi.

Oʻzbekcha Vikipediya hozirda ham Oʻzbekiston hududida toʻsilgan boʻlishiga qaramay faol foydalanuvchilar Vikipediyani yaxshilash uchun tinimsiz mehnat qilishmoqda.

Bu yutuqlarga qaramasdan oʻzvikini yanada yaxshilash uchun ancha mehnat qilish kerak. Koʻplagan mavzuda maqola yoʻq va mavjud maqolalarning aksari yaxshi yozilmagan.

Bu muammolarni bartaraf qilish uchun yanada koʻproq faol foydalanuvchi kerak. Har kim tahrirlashi mumkin boʻlgan Vikipediyaga hissa qoʻshishni istasangiz yordam sahifasiga bir nazar tashlang.

Muallif: Nodir Atayev
XS
SM
MD
LG