Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:38

"Adelaida Yunayted" jamoasi Toshkentga keldi


"Bunyodkor" futbol jamoasining Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Chempionlar ligasi chorak finalidagi raqibi Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasi 1 oktyabr kuni Toshkentga uchib keldi.

33 soat ichida rekord ko‘rsatkich - 11 100 kilometrni bosib o‘tgan avstraliyalik delegatsiya 28 kishidan iborat bo‘lib, ularning 17 nafari futbolchi, 2 nafari oshpaz, qolganlari murabbiylar va boshqa xodimlardir.

Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz yo‘qligi sabab avstraliyaliklar O‘zbekistonga dastlab Malayziya, so‘ngra Tailand orqali uchib keldi.

"Qizillar" ("Adelaida Yunayted" jamoasi norasmiy nomi) poytaxtdagi "Dedeman Silk Road" mehmonxonasiga joylashishdi.

Avstraliyaning "Herald Sun" nashrining yozishicha, mehmon jamoa o'zi bilan ikki oshpazni olib kelayotgani tufayli O'zbekiston tarafi mehmonxonani almashtirish taklifi bilan chiqqan edi.

Biroq bu ishga OFK rasmiylari aralashganidan so'nh mehmonxonani o'zgartirmaslik qarori qabul qilingan.

“Bunyodkor” va “Adelaida Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 3 oktyabr kuni "Jar" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatamiz, 19 sentyabr kuni Avstraliyada o‘tgan dastlabki o‘yinda 2:2 hisobida durang natijasi qayd etilgan edi.

Bugun “Jar” stadionining majlislar zalida ikkala jamoa murabbiylari va o‘yinchilari ishtirokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG