Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

O‘zbekistonliklar 26 oktyabr - Qurbon hayiti kuni dam oladi


Qurbon hayiti kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 26 oktyabr dam olish kuni, deb e‘lon qilindi.

22 oktyabr kuni Prezident Islom Karimovning "Qurbon hayitini nishonlash" to‘g‘risidagi qarori e‘lon qilindi.

Qaror matnida Qurbon hayitining ilk kuni jumaga to‘g‘ri kelgani va O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaati inobatga olingani bois 26 oktyabr dam olish kuni, deb e‘lon qilingani aytilgan.

Prezident qaroriga muvofiq “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi davlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga "Qurbon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun" tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
XS
SM
MD
LG