Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:37

Lens Armstron g‘oliblik maqomidan mahrum qilindi


Xalqaro Velosport Ittifoqi doping iste‘mol qilganlikda aybdor deb topilgan amerikalik velopoygachi Lens Armstrongni 1995-2005 yillarda yetti Tur de Frans musobaqasida erishgan g‘oliblik unvonlaridan mosuvo qildi.

Bu haqda ma‘lum qilgan tashkilot rahbari Pet Makkuad “Lans Amrstrong uchun velosportda o‘rin yo‘q”, deya bayonot berdi.

Avvalroq AQSh dopingga qarshi kurash agentligi Armstrongni muntazam ravishda taqiqlangan preparatlarni iste‘mol qilganlikda ayblovchi batafsil hisobot yoyinlagan edi.

40 yoshli Armstrong barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Velopoygachining boshqa yutuqlardan ham mosuvo qilingani va bir umrga velosportdan chetlatilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG