Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:47

Referi bir o'yinda 36 futbolchini chetlatdi


Paragvayda o'smirlar futbol jamoalari o'rtasida o'tgan uchrashuvda hakam biramasiga 36 futbolchini maydongan chetlatdi.

Bu haqda xabar bergan Reuters agentligiga ko'ra, hakamning bunday qaroriga yosh futbolchilar o'rtasida chiqqan mushtlashuv sabab bo'ldi.

21 oktyabr kuni "Teniyente Farina" - "Libertad" uchrashuvining birinchi yarmi ohirida hakam qo'pollik uchun har jamoadan bittadan o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Biroq o'yinchilar hakam qaroriga norozilik bildirib, maydondan chiqishga rozi bo'lmaganidan so'ng ikki jamoa o'yinchilari o'rtasida ommaviy mushtlashuv boshlanib ketdi.

Mushtlashuvda zahirada o'rindig'ida o'tirgan futbolchilar ham ishtirok etgani aytilmoqda.

"Teniyente Farina" futbol klubi prezidenti Ernan Martines hakamlarni noxolislikda ayblab chiqdi. Unga ko'ra, referilar brigadasi jaljal boshlanishi bilanoq maydondan chiqib ketishgan va mushtlashuvni to'xtatib qolishga urinishmagan.

Reuters agentligiga ko'ra, hakamning bir o'yinda 36 futbolchini diskvalifikatsiya qilish qarori intizom qo'mitasi tarafidan bekor qilinishi mumkin.

"Teniyente Farina" va "Libertad" futbol jamoalari o'rtasida chiqqan janjal:

XS
SM
MD
LG