Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:49

iPad mini savdosi rekordlarni urmoqda


Apple shirkati o'tgan hafta e'lon qilgan iPad mini plansheti virtual savdo rastalarida yashin teziligida sotilmoqda.

Online buyurtma berish boshlanishidan 36 soat o'tib planshetning birinchi partiyasidagi olti variantidan to'rttasi sotib bo'lindi, deya xabar berdi Mashable texno-blogi.

iPad minining eng tez sotilgan varianti 16 Gb xotiraga ega qora planshet ekani aytilqmoda.

Dastlab, online buyurtma bo'yicha, planshetlar 2 noyabr kuni egalariga eltib berilishi aytilgan edi.

Biroq online buyurtmalarning ko'pligi va tayyorlab qo'yilgan partiyadagi planshetlarning tugagani bois Apple shirkati iPad minilarni eltib berish muddatini noyabr oyi o'rtalariga surishga majbur bo'ldi.

Yangi planshetning "Apple store" do'konlarida savdo rastalariga chiqish sanasi ham (2 noyabr) ortga jildirilishi mumkin.

23 oktyabr kuni taqdim etilgan iPad mini mashhur iPad planshetining kichraytirilgan versiyasi bo‘lib, uning ekrani diagonali 7,9 dyuymni tashkil etadi.

iPad mini ning qalinligi 7,2 millimetr, og‘irligi esa 308 grammga teng.

Yangi planshet an‘anaviy tarzda ikki ko‘rinishda - oddiy, ya‘ni faqat WiFi ulanishga ega bo‘lgan va 3G mobil aloqali variantlarda ishlab chiqariladi.

Uning boshlang‘ich narxi 330 AQSh dollariga tengdir.

23 oktyabr kungi taqdimot marosimida Apple shirkati iPad planshetining to'rtinchi versiyasini ham e'lon qildi. Biroq mijozlarning unga bo'lgan qiziqishi hozircha katta emas.
XS
SM
MD
LG