Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:19

Gmail - dunyodagi eng mashhur elektron pochta xizmati


Google shirkatining ko'pchilikka tanish Gmail xizmati dunyodagi eng mashhur elektron pochta xizmatlari ro'yxatida ilk bor peshqadamlikni qo'lga kiritdi.

Bu haqda GigaOM nashri comScore online izlanishlar olib boruvchi agentlik hisobotiga asoslanib xabar berdi.

Hisobotga ko'ra, Gmail xizmatining bir oylik auditoriyasi 286 million faol foydalanuvchini tashkil etadi.

Uzoq vaqt davomida peshqadam bo'lib kelgan Microsoft shirkatiga tegishli Hotmail pochta xizmati mashhur elektron pochtalar ro'yxatining ikkinchi o'rnidan joy oldi.

Hotmail ning bir oylik faol foydalanuvchilari soni 286 millionni tashkil etadi.

Uchinchi o'rinni esa 281 million faol foydalanuvchisi bilan Yahoo! pochta xizmati egalladi.

Google shirkatiga ko'ra, Gmail xizmati foydalanuvchilar bo'yicha Hotmail dan 2012 yilning iyul oyida o'zib ketgan.

Shirkat bergan raqamlar Gmail pochtasi foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshiq ekanini ko'rsatadi.

Raqamlardagi farq comScore agentligining o'z izlanishlarida mobil foydalanuvchilarni inobatga olmasligi bilan izohlanishi mumkin.

Gmail xizmati eng mashhur elektron pochtalari orasida eng yoshidir. U 2004 yilda ishga tushirilgan. Hotmail 1996 yili, Yahoo! esa 1997 yili faoliyat ko'rsatishni boshlagan edi.

Aziz mushtariy, siz qaysi elektron pochtasi xizmatidan foydalanasiz? Javobingizni quyidagi forumda qoldiring.
XS
SM
MD
LG