Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:15

Xakerlar Kremlga kiber-urush e‘lon qildi


O‘zini GhostShell deb atovchi hakerlar guruhi Rossiya rasmiylariga qarshi ProjectBlackStar deb nomlangan kiber-urush boshlayajagini bildirdi va Rossiya davlat idoralariga tegishli 2,5 million akkauntlarga tegishli ma'lumotlarni chop etdi.

“Rossiyalik fuqarolar dunyodan ihotalab qo‘yilgan va ular mahalliy siyosatchilar xohish-irodasiga ko‘ra yashayapti” deb hisoblovchi hakerlar guruhi Rossiya hukumati, huquq-tartibot idoralari, yirik korporatsiyalar va banklarga oid millionlagan maxfiy hujjatlarni internetda bundan buyon ham e‘lon qilish niyatida.

Bu hakerlar o‘zlarining HellFire loyihasi doirasida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Uoll-stritning moliyaviy muassasalariga oid ko‘plab maxfiy ma‘lumotlarni chop qilganlaridan keyin tanilib ketgandilar.
XS
SM
MD
LG