Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Futbol: Iordaniya-O'zbekiston 2:2


O'zbekiston yoshlar terma jamaosi BAAda o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining (U19) guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida Irodaniya terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazida va unda 2:2 hisobidagi qiyin durangga erishdi.

O'yindagi hisobni 49-daqiqada irodaniyalik yoshlar ochib berishdi. O'zbekiston darvozasi oldida yuzaga kelgan pala-partishlikdan unumli foydalangan iordaniyalik hujumchi Fadi Avad birinchi golga mualliflik qildi.

60-daqiqada iordaniyalik o'yinchi o'z darvozasi oldida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hakam penalti belgiladi. Penaltini a'lo ijro etgan o'zbekistonlik Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Oradan atigi to'rt daqiqa o'tib esa o'zbekistonlik himoyachi Sardor Rahmonov o'z darvozasini ishg'ol etib, chiroyli avtogol muallifiga aylandi. Hisob 2:1

Ammo hakam tarafidan o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggi soniyalarida yana o'sha Igor Sergeyev gol urdi va O'zbekiston yoshlar jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi.

O'yindan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musayev shogirdlari o'yinidan qo'niqmaganini aytdi.

- Vyetnamga qarshi kechgan uchrashuvdagi 4:0 hisobi yigitlarni biroz xotirjamlikka chorlab qo‘ydi. Biz Iordaniyani kuchli raqib ekanligini va o‘yin oson bo‘lmasligini bilardik... Albatta, natijadan qoniqmadim. Buyog‘iga o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak bo‘ladi, - dedi Musayev.

"C" guruhining ikkinchi turida uchrashgan ikkinchi juftlik Shimoliy Koreya-Vyetnam o'yini 5:0 hisobida koreyslar foydasiga yakunlandi.

Ayni damda O'zbekiston jamoasi bir g'alaba va bir durang bilan guruhda ikkinchi o'yinda bo'rmoqda. Huddi shunday natijaga erishgan, biroq gollar nisbati bo'yicha o'zbekistonlilardan o'zib ketgan Shimoliy Koreya jamoasi brinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Guruhdagi so'nggi uchrashuvini O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 noyabr kuni shimoliy koreyalik tengqurlariga qarshi o'takazdi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, guruhdan chiqish uchun O'zbekiston ushbu uchrashuvda g'alabaga erishishi kerak.

Chunki Irodaniya jamoasi Vyetnamni to'rtta go'l hisobiga yutsa, O'zbekiston "C" guruhida uchinchi o'ringa tushib qoladi va pley-off o'yinlariga chiqa olmaydi.

Sababi guruh birinchi turida Shimoliy Koreya-Iordaniya uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi.
XS
SM
MD
LG