Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:50

"Musulmonlar gunohsizligi" filmi muallifi bir yilga qamaldi


AQShning Kaliforniya shtati sudi “musulmonlar gunohsizligi” filmining prodyuserini bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Nakaula Bessli Nakaula nomi bilan tanilgan Mark Besli Yusuf qamoqdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etilish shartlarini buzganlikda ayblangan edi. O‘tgan yili u tovlamachilikda ayblanib, deyarli ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq joriy yilning iyun oyida u Internetdan foydalanmaslik sharti bilan muddatidan oldin ozor etilgan.

55 yoshli misrlik kopt Mark Besli Yusuf Kaliforniyada yashaydi. U sentyabr oyida “Musulmonlar gunohsizligi” filmini Internetga joylashtirgani uchun qamoqdan muddatidan oldin ozod etish shartini buzganlikda ayblanib hibs qilingan.

“Musulmonlar gunohsizligi” filmi musulmon olamida juda katta norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan edi. Mazkur film bir qator davlatlarda, jumladan, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyada ekstremistik deb tan olinib, taqiqlangan.
XS
SM
MD
LG