Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:55

Futbol: O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi


O‘zbekistonning futbol bo‘yicha yoshlar (19 yoshgacha) terma jamoasi BAAda o‘tayotgan Osiyo chemponati chorak finalida suriyalik tengqurlarini mag‘lub etib, musobaqa yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

11 noyabr kuni "Fujayra" stadionida o‘tgan o‘yinda ikkala jamoa ham teng faollik bilan harakat qildi.

O'yindagi hisobni 38-daqiqada suriyalik Hamid Mido ochib berdi. Oradan bir necha daqiqa o'tib - 45-daqiqada O'zbekiston jamoasi yarim himoyachisi Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi.

Biroq birinchi bo'lim asosy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqada Suriya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Golga raqib to'purari Mahmum Al-mavas mualliflik qildi.

O'yin 77-daqiqasida zahiradan tushgan Ixtiyor Toshpo'latov standard vaziyatdan oshirilgan to'pni qulay qabul qilib, raqib himoyachisi Amro Jeniyatni xato qilishga majbur etdi. Jeniyat to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab qo'yib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Qo‘shimcha taymlarda jamoalar hisobni o‘zgartira olishmadi va navbat penaltilar seriyasiga keldi.

11 metrlik zarbalar seriyasida suriyalik yoshlar biror marta ham O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Ikki zarbani muvaffaqiyatli qaytargan darvozabon Asilbek Omonov katta mahorat ko'rsatdi.

O'zbekistonlik yoshlar esa zarbalarni hatosiz ijro etishdi va penaltilar seriyasida 3:0 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Shu tariqa, bosh murabbiy Ahmadjon Musayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqish bilan birga 2013 yili Turkiyada o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

14 noyabr kuni o‘tadigan yarim final uchrashuvida O‘zbekiston jamoasi chorak finalda Eronni mag‘lub etgan Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘ynaydi.
XS
SM
MD
LG