Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:38

Charli Chaplin shlyapasi kimoshdida 62 yarim ming dollarga sotildi


Afsonaviy aktyor Charli Chaplinning bitta shlyapa va hassasi kimoshdi savdosida 62 yarim ming AQSh dollariga sotildi.

Chaplinning tovushsiz filmlar zamonida urf bo‘lgan shlyapa va hassasi Bonhams auktsionida yakshanba kuni sotuvga qo‘yildi.

Kim oshdi savdosi ekspertlari aktyorning dunyoga tanilgan bu buyumlariga uzog‘i bilan 40 ming dollardan 60 ming dollarga bo‘lgan narx taklif qilinishini taxmin qilgan edi.

Shuningdek, ushbu auktsionda Beatles guruhi a‘zosi Jon Lennonning qo‘lda yozgan va o‘zi hamda rafqasi Yoko Ononing yalang‘och holdagi suratini qoralagan maktubi 25 ming AQSh dollariga sotildi.

Merilin Monroning suratlari esa 21 yarim ming AQSh dollariga xarid qilindi.
XS
SM
MD
LG