Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:36

Mahbus oshpazlar orasida o‘zbek g‘olib bo‘ldi


Novosibirsk viloyatidagi 18-qattiq rejimli koloniyada o‘tkazilgan oshpazlik tanlovida o‘zbek palovi birinchi o‘rinni egalladi. Uni tayyorlagan mahbus esa qimmatbaho sovg‘a va yaqinlari bilan navbatdan tashqari uchrashish imkoniga ega bo‘ldi.

14 noyabr kuni Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) ning Novosibirsk oblastь bosh boshqarmasiga qarashli 18- ahloq tuzatish koloniyasida saqlanayotgan mahbuslar orasida oshpazlik tanlovi o‘tkazildi.

18- koloniya boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini Yevgeniy Gorban “Koloniyaning eng zo‘r oshpazi” lavozimi uchun kurashga Tojikiston, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Rossiya davlatlari nomidan vakillar saylanganini ma‘lum qildi.

Yuqorida tilga olingan boshqarma matbuot xizmatining Ozodlikka bergan ma‘lumotiga ko‘ra, qattiq rejimli 18- koloniyadagiga o‘xshash tadbir Krasnoyarskdagi koloniyada o‘tkazilgan.

Musobaqa ishtirokchilari bir xil masalliqdan bir turdagi taom – palov tayyorlashda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Ishtirokchilarning oshpazlik qobiliyatlarini baholash uchun mashhur shoumen va oshpaz Seva Mokin ataylab taklif qilindi.

- Bular shunday sharoitlarda ovqat pishirishga tayyor ekanliklari va bu ishni ajoyib mahorat bilan amalga oshirayotganiga qoyil qoldim. Palovning har bir turi o‘zgacha milliy usulda tayyorlandi, deydi boshlovchi Seva Mokin.

Tojikistonlik oshpaz Sulton Ochilov palov ko‘plab mamlakatlarning milliy taomiga aylangani va har bir mamlakatda uni tayyorlashning o‘ziga xos sirlari borligini gapiradi.

- Bu bizning milliy taomimiz. Yoshligimizdan uni tayyorlashni o‘rgatib kelishadi. Osh dildan tayyorlansa, shirin bo‘laveradi, deydi tojikistonlik Sulton Ochilov.

Va nihoyat taomlar pishdi. Hakamlar har bir lagandan totib ko‘rdi va o‘zbek oshpazi tayyorlagan palovni "eng mazali", deb topdi.

- Bu oshpazlar tanlovi g‘olibi etib 3- raqam ostida ishtirok etgan Iskandarov Ne‘mat tanlandi, dedi jyuri raisi.

Jyuri a‘zolariga yoqib tushgan oshni pishirgan o‘zbekistonlik Ne‘matjon Iskandarovga oshpazlik sovrin topshirildi. Shuningdek, oshpazlik tanlovi ishtirokchilariga 18- qattiq rejimli koloniya rahbariyati tomonidan yaqinlari bilan qo‘shimcha uchrashish va posilka olish huquqi berildi.

Jazoni ijro etish federal bosh boshqarmasining Ozodlik Radiosiga ma‘lum qilishicha, 18- koloniyada og‘ir jinoyat sodir etganlar saqlanadi.
XS
SM
MD
LG